Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlari bilan vazirlik o‘quv-dala markazida amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi

16.11.2024 128 times viewed

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlarining  jangovar tayyorgarlik tayyorgarliklarini mustahkamlash, oldilariga qo‘yilgan vazifalarni a’lo darajada bajarishlari maqsadida vazirlikning amaldagi buyruq talablariga muvofiq vazirlik O‘quv-dala markazida amaliy o‘q otish mashqlari o‘tkazildi.

     O‘q otish mashg‘ulotida xodimlar Makarov pistoletidan va Kalashnikov avtomatidan o‘q otish borasidagi nazariy bilimlarini amaliyotda bajardilar. Jumladan quroldan foydalanish, masofadan o‘q otish, mo‘ljal olish kabi jarayonlarni bajarib ko‘nikma orttirdilar.

      Natijalar mas’ul xodimlar tomonidan baholanib, xodimlarga yanada yaxshi va a’lo natija qayd etishlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

       

Institut Matbuot xizmati