“Mahallada duv-duv gap”

01.02.2024 187 times viewed

     Poytaxtimizning Bektemir tumani  “Madaniyat saroyi” da "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” nomli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Tadbirda tuman aholisi, nuroniylar, yoshlar, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilar  hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Tadbirda so‘zga chiqqanlar mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan  natijalar, xususan, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdilar.

      Aktyorlarning chiqishlari, milliy-etnografik guruhlar, san’atkorlarning sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

 

                  IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati