“Sog'lom shaxs-sog'lom jamiyat” shiori ostida sport tadbiri o'tkazildi.

24.10.2024 99 times viewed

 

    Joriy yilning 24 oktabr kuni IIV Malaka oshirish instituti Olmaliq o'quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o'rtasida “25 oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan “Sog'lom shaxs-sog'lom jamiyat” shiori ostida “Voleybol” sport turi bo'yicha musobaqasi o'tkazildi.

   Musobaqani o'tkazishdan maqsad  tinglovchilarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida hamda xalq manfaati uchun xizmat qilish oliy burchi deb biladigan xodim etib tarbiyalash,  shuningdek  ularda jismoniy tayyorbiya  va sport bilan shug'ullanishga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirish. 

   Musobaqada yakuniga ko'ra:

   1–o'rinni Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati jamoasining “Mardlar” jamoasi

   2–o'rinni Yo'l patrul xizmati faoliyati jamoasining “Lochinlar”  jamoasi

   3–o'rin  JTSF va JIEX faoliyati jamoasining “Burgutlar” jamoasi tinglovchilari musobaqada g'olib va sovrindorlar qatoridan o'rin egalladilar.