Sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

24.09.2024 98 times viewed

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining doimiy shaxsiy tarkibi o‘rtasida sport turlarini ommaviylashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida hamda 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan  sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha  musobaqa o‘tkazildi. Unda 8 ta jamoa ishtirok etdi.

    Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida  III – o‘rinni egallaganligi uchun 3-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan Moddiy-texnika va ho‘jalik ta’minoti bo‘limi, Moliya-iqtisod bo‘limi hamda Transport ta’minoti bo‘limi, Yong‘in xavfsizligi guruhi, Oziq-ovqat ta’minoti xodimlaridan tashkil topgan terma jamoa, II – o‘rinni egallaganligi uchun 2-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli, Saf qismi, hamda Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli xodimlaridan tashkil topgan jamoa, I – o‘rinni egallaganligi uchun 1-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan Qo‘riqlash otryadi xodimlaridan tashkil topgan jamoa taqdirlandilar.

Institut Matbuot xizmati