Tinglovchilar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi

03.09.2024 93 times viewed

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o‘rtasida  O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

    Sport tadbirida tinglovchilar 4 ta jamoa tarkibida ishtirok etdilar.

   Musobaqa yakuniga ko‘ra “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Qalqonlar” jamoasi 1-o‘rinni, “Pasport tizimini taʼminlash faoliyati” va “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Burgutlar” jamoasi 2-o‘rinni hamda “Yo‘l-patrul xizmati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Lochinlar” jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.

    Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar taqdirlandilar.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati