"Geosiyosiy manfaatlar to‘knashuvi va mafkuraviy kurash"

20.08.2024 119 times viewed

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “mayor" maxsus unvoni olish uchun maxsus malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan "Geosiyosiy manfaatlar to‘knashuvi va mafkuraviy kurash" mavzusi buyicha  institut Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik J.Kenjaev tomonidan mashg‘ulot o‘tkazildi.

     Mashg‘ulotda  Mintaqaning geosiyosiy mavqei bir necha omillarga bog‘liqligi, mumtoz geosiyosiy nazariyaga ko‘ra har bir mintaqaning geosiyosiy mavqei geografik joylashuvi va tabiiy–iqlim xususiyatlari, iqtisodiy salohiyati, shu hududda yashovchi xalqlarning qat’iy ravishda tabiiy–geografik omillar ta’siri ostida shakllangan mentaliteti hamda an’analari, ushbu xususiyatlar ta’sirida shakllangan siyosiy tuzumning tabiati bilan belgilanishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

     Shuningdek, har bir davlat xalqaro munosabatlarda o‘z manfaatlari ustuvorligiga erishish maqsadida barcha imkoniyatlarini ishga solishga, kuch-qudratidan foydalanishga harakat qilishi batafsil tushuntirilib, tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati