Binar mashg‘ulot o‘tkazildi

17.08.2024 111 times viewed

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” yo‘nalishida tahsil olayotgan PPX yo‘nalishi  tinglovchilari bilan “Ichki ishlar organlari xodimlarining nutq madaniyatini rivojlantirish va uning ahamiyati” mavzusida institut Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik N.O.Odilov hamda psixolog, psixologiya fanlar nomzodi (PHD)  Dj.Po‘latov ishtirokida ichki ishlar organlarida xizmat olib boruvchi xodimlarning  nutq madaniyati,  IIOlari xodimlarining fuqarolar bilan psixologik muloqotda nutq madaniyatining ahamiyati, xodimlarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi tushunchalar to‘g‘risida binar mashg‘uloti o‘tkazildi.

     Mashg‘ulotda  PPX inspektorlarining  xizmat faoliyati davomida fuqarolar bilan muloqot  jarayonida nutq madaniyatiga amal qilishi, fuqarolar bilan ziddiyatli vaziyatlarda ham xushmuomalalik bilan fikrini aniq va ravon bildira olish qobiliyati bosqichma-bosqich tushuntirilib, tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati