Fakultativ mashg‘ulot o‘tkazildi

15.08.2024 106 times viewed

         Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar-tarmoq) Ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilar bilan Jangovar  tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchi, podpolkovnik Baxtiyor Umurzoqov, o‘qituvchi mayor Xusan Muslimovlar tomonidan «Maxsus vositalar bilan jang qilish usullari» mavzusida fakultativ mashg‘ulot o‘tkazildi.

       Mashg‘ulot davomida tinglovchilarning maxsus vositalar bilan safda turish, yurish va maxsus rezina tayoq bilan beriladigan zarbalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi. 

          Mashg‘ulotda Institut boshlig‘i, t.f.n, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov  ishtirok etdi.

                 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati