Amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

10.08.2024 95 times viewed

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-guruh tinglovchilari (PPX) bilan “Jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan muomalaga kirishgan   vaktda  yuzaga kelayotgan   muammoli situatsion vaziyatlar” mavzusi yuzasidan amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik N.O.Odilov tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

   Mashg‘ulotda  PPX inspektorlarining  xizmat faoliyati davomida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan muloqot  jarayonida PPX inspektorlarining huquqlari, amalga oshiradigan qonuniy harakatlari videolavha orqali bosqichma-bosqich tushuntirilib, tinglovchilarda  amaliy va nazariy bilim hamda ko‘nikmalar shakllantirildi.     

      

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati