“Korrupsiya – ma’naviyat kushandasi”

26.06.2024 90 times viewed

     Ichki ishlar vazirligi huzuridagi JIED 1-mintaqaviy hudud 42-son manzil-koloniyasining xodimlari bilan Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik K.S.Beysenov tomonidan Korrupsiya – ma’naviyat kushandasi” nomli mavzuda o‘quv seminar mashg‘ulotini o‘tkazdi.

     O‘quv seminar mashg‘uloti interfaol usulida o‘tkazilib, mashg‘ulot davomida xodimlarga korrupsiya va uning kelib chiqish ildizi, korrupsiyani rivojlantiruvchi omillar, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida ichki ishlar organi xodimlarining vazifalari va vakolatlari tushuntirildi, hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalar berildi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati