Tinglovchilar uchun kitoblar yarmarkasi
20.06.2024
117 times viewed
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari uchun kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Kitoblar yarmarkasida tinglovchilar o‘zlarining sevimli adiblarining kitoblarini, o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlarini, hamda turli janrlarda chop etilgan kitoblarni xarid qildilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati