“Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik”

18.06.2024 95 times viewed

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida sportning ShaxmatvaShashka turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

     Qizg‘in va murosasiz bellashuvlarning Shaxmat sport turi yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni 5-guruh tinglovchisi Abdumalik Abbosov, 2-o‘rinni 7-guruh tinglovchisi Islom Sherov, 3-o‘rinni 8-guruh tinglovchisi Ziyadullo Nodirovlar qo‘lga kiritdi.

     “Shashka sport turi yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 1-o‘rin 5-guruh tinglovchisi Oybek Xurramovga, 2-o‘rin 3-guruh tinglovchisi Islomjon Ma’rufjonovga va 3-o‘rin 6-guruh tinglovchisi Islomjon Usmonovlarga nasib qildi.

     Maxsus kasbiy tayyorgarlik fakultet qizlari orasida “Shashka” sport turi yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni 3-guruh tinglovchisi Shodiyaxon Xamraeva, 2-o‘rinni 3-guruh tinglovchisi Shaxzoda Baxriddinova, 3-o‘rinni 4-guruh tinglovchisi Aynura Yergalievalar egalladilar.

         G‘olib bo‘lgan tinglovchilarga Institut boshlig‘ining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati