Litsey o‘quvchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

20.05.2024 99 times viewed

 Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyida “Uchuvchisiz apparatlar va qurilmalar orqali sodir etilayotgan jinoyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda litsey professor-o‘qituvchilari, o‘quvchilar ishtirok etdilar.

    Davra suhbatida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Axborot texnologiyalari  sikli boshlig‘i, polkovnik  E.E.Ma’rupov tomonidan  o‘quvchilarga uchuvchisiz apparatlarning ahamiyati, ularning ishlatish usullari hamda kiberjinoyatlar tushunchalari, axborot xurujlaridan saqlanish holatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

  Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar va kiberjinoyatlar, axborot xurujlari va kibertahdidlardan himoyalanish,  ularga qarshi kurashish, axborotni tahlil qila bilishi lozimligi ta’kidlandi. Kiberjinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlar, kiberjinoyatni amalga oshirish yo‘llari, kiberxavflar va ulardan himoyalanish bo‘yicha tushunchalar berilib, o‘quvchilarning bu boradagi bilim va savodxonliklari oshirildi.

     Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.   

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi