Profilaktika inspektori ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazdi

18.05.2024 96 times viewed

         Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” yo‘nalishida malaka oshirayotgan, Tоshkent shahar IIBB Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi  profilaktika inspektori,   podpolkovnik A.N.Mamaraximov tomonidan IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyida 103  va 102 o‘quv guruhlari bilan Ichki ishlar organlari faoliyati fanidan ichki ishlar organlarida "Ish yuritish asoslari" mavzusida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

        Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga mavzu yuzasidan  ko‘plab ma’lumotlar berildi. Shuningdek, hujjatlar bilan ishlash, ichki ishlar organlarining ish yuritish faoliyatida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar,  ish yuritishda nimalarga ahamiyat  berish kerakligi to‘g‘risida o‘quvchi-yoshlarga tushuntirib o‘tildi. Litsey o‘quvchilarining o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.

 

Maftuna UZOQOVA

O‘zDJTU  talabasi,

IIV Malaka oshirish instituti

matbuot xizmati amaliyotchisi