Institut xodim va tinglovchilari sport musobaqalarida faol

02.05.2024 112 times viewed

    Yaqinda Andijon shahrida o‘tkazilgan sportning “Erkin kurash” turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasida IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari safdor Abbosjon Yo‘ldoshev 74 kg vazn toifasida hamda safdor Mironshoh Rajabov +125 kg vazn toifasida ishtirok etib kumush medallarni qo‘lga kiritdilar.

    Shuningdek, Buxoro shahrida  sportning “Sambo” turi bo‘yicha yoshlar va faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati  musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur musobaqada faxriylar o‘rtasida Malaka oshirish instituti KTF Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli boshlig‘i podpolkovnik Murodxon Turaev 88 kg vazn toifasida ishtirok etib, kumush medal sohibi bo‘ldi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati