Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi bo‘yicha “mayor” maxsus unvonini olish uchun kelgan ofitserlar shaxsiy tarkibi bilan Institut rahbariyati tomonidan Yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Yo‘riqnomada Institut tinglovchi xodimlari o‘rtasida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, ichki tartib qoidalarga amal qilishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, Institut mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan saf ko‘rigida tinglovchilarning tashqi ko‘rinishi, xizmat kiyimini kiyish tartib-qoidalariga rioya qilinishi, doimiy ravishda yonida bo‘ladigan anjomlar va xizmat guvohnomasining talab darajasida ekanligi hamda saf tayyorgarligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning qay darajada shakllanganligiga alohida e’tibor qaratildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati