Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida kadrlar bo‘limi tashabbusi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda ishtirok etgan bokschi Isroil Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibiga aylangani, sportga kirib kelishi, oldindagi rejalari, muvaffaqiyatida oilasining muhim rol tutishi va boshqa mavzularda gapirdi.
- Sportchilar birinchi navbatda xalqaro maydonda vatan bayrog‘ini yuqori ko‘tarishni istaydi. Shu ma’noda O‘zbekiston nomidan chempionlik kamarini qo‘lga kiritishim eng hayajonlisi bo‘ldi. Lekin prezident sovg‘asi ham men uchun kutilmagan bo‘ldi, e’tirofdan xursand bo‘ldik. Shundan so‘ng generalimiz tomonidan mayor unvoni berildi, bu ham quvonchimizga quvonch qo‘shdi. Men ham Ichki ishlar organlari xodimi hisoblanaman. Bu tizimda xizmat qilishning o‘zi bir sharafdir. deydi chempion.
Shuningdek, uchrashuvda tinglovchilarga qanday shug‘ullanish kerakligi, kunlik mashg‘ulotlar qay yo‘sinda bosqichma-bosqich bajarilishi, bokschilarning musobaqa oldidan psixologik holatini qanday bo‘lishiligi, to‘g‘ri ovqatlanish, havaskor boksni professional boksdan farqlari haqida ma’lumotlar berdi.
Uchrashuv davomida tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati