Muzey – tarix ko‘zgusi

06.04.2024 101 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilari  Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bordilar.

       Tinglovchilar muzeyda tarixga oid yodgorliklar, Temuriylar davridagi qo‘lyozma shaklidagi asarlar, tasviriy san’at namunalarini tomosha qildilar. Muzey ilmiy xodimlari tomonidan muzeyning barpo etilish va tarixiy ahamiyati tog‘risida ma’ruzasi va eksponatlar xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati