Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi

06.04.2024 140 marta ko'rilgan

       2024 yil 6 aprel kuni 1-juftlikda Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Z.M.Alieva tomonidan podpolkovnik maxsus unvonini olish uchun maxsus malaka oshirish kursining 1-guruhi tinglovchilari bilan “Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi” mavzusi bo‘yicha ochiq seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

    Seminar mashg‘ulotlari bahs-munozara tarzida o‘tkazildi. Tinglovchilar o‘zaro bilim va ko‘nikmalarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashdilar.

        Mazkur ochiq seminar mashg‘ulotida professor-o‘qituvchilar va boshqa bir qator xodimlar ham qatnashdilar.

          Ishtirokchilar seminar mashg‘ulot samarali bo‘lganligini e’tirof etdilar.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati