Yangilik haqida batafsil

Koreya Respublikasi Sud ekspertizasi va Tibbiyot instituti delegatsiyasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Seminar-trening mashgʻulotlari oʻtkazildi
Dec. 28, 2023

Joriy yilning 20-22-dekabr kunlari Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari boshchiligida Sud-tibbiyot ekspertizasi va kriminalistikasi sohasiga bagʻishlangan seminar-trening mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Janob So Jungsok, Koreya Respublikasi Milliy sud ekspertizasi xizmati qoshidagi Sud ekspertizasi va tibbiyot instituti direktori va Janob Xendjun Xvan, Kyungpook Milliy Universiteti, Informatika oliy maktabi dotsentlari tomonidan Sunʼiy intellekt dasturlari va jinoyatlarni ochish uchun ML (Machine learning), oʻq otar qurol yordamida yetkazilgan jarohat, jinoyatchilik maʼlumotlarining tahlili: oʻtmish va hozir va shu kabi dolzarb dars mashgʻulotlarida Koreya hamda Oʻzbekiston Respublikalar Sud-tibbiyot ekspertizasi va kriminalistika sohalaridagi mavjud holatlar, muammo va yechimlar, sohadagi yutuqlar hamda yangiliklar muhokama qilinib, ilgʻor tajribalar oʻzaro almashildi.

Seminar-trening mashgʻulotlarida ishtirok etgan soha mutaxassislari, institut professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar sohaga oid Koreya tajribasi xususida yangi bilimlarga ega boʻldilar. Shu munosabat bilan IIV Malaka oshirish institutida tashkil etilgan seminar-trening mashgʻuloti samaradorligi va manfaatdorligi bilan qatnashuvchilar tomonidan yuqori baholandi.

IIV Malaka oshirish instituti boshligʻi tomonidan Koreya Respublikasi delegatsiyasiga hamda tashrif buyurgan soha mutaxassislariga minnatdorlik bildirilib, tegishli namunadagi sertifikatlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati