O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha 144 soatli dastur asosida uzluksiz o‘qitish amaliyoti jarayonida bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda.
Navbatdagi amaliy o‘quv jarayonlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitilayotgan tinglovchilarda sohaga tegishli so‘nggi normativ huquqiy xujjatlar bo‘yicha amaliy va nazariy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik To‘lqin G‘ozibekov tomonidan tinglovchilarga jamoat joylarida huquqbuzarliklar sodir etganlar bilan yuzaga keladigan situatsion muammoli vaziyatlar bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar berildi.
O‘quv mashg‘ulotida nostandart vaziyatlar, muammoli holatlarda ahamiyat qaratishi zarur bo‘lgan jihatlar bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi. O‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotda nostandart vaziyatlar, muammoli holatlar yuzasidan mavzuga doir huquqiy yechimlar tushuntirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati