Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Navro‘z bayrami nishonlandi

25.03.2026 12 marta ko'rilgan

Bugun Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda keng nishonlandi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi bayram dasturi tashkil etildi.

     Bayram doirasida institut hududida milliy taomlar tayyorlanib, xususan, sumalaklar qaynatilmoqda. Shuningdek, milliy xalq qo‘shiqlari yangrab, qiziqarli askiyalar va turli chiqishlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

     Tadbirda institut rahbari Olimjon Ahmedov so‘zga chiqib, Navro‘z bayrami munosabati bilan barcha xodimlar va tinglovchilarni samimiy tabrikladi hamda barchaga tinchlik-osoyishtalik, mustahkam sog‘lik va xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, “International Police Association Club”  mehmonlarini ham bayram bilan qutladi.

     Navro‘z bayrami institut jamoasi uchun birlik, hamjihatlik va milliy qadriyatlarimizni yanada ulug‘lashga xizmat qiladigan unutilmas bayram sifatida davom etmoqda.

 

Institut Matbuot xizmati