Navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayyorlash va “podpolkovnik” hamda “katta serjant” maxsus unvonini olish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari yakunlandi
Mazkur o‘quv kurslari davomida tinglovchilarga zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari, jinoyatchilikka qarshi kurashishning ilg‘or usullari, jamoat xavfsizligini taʼminlash, aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalar berildi.
Mazkur o‘quv kurslari ichki ishlar organlarida professional, masʼuliyatli va zamonaviy fikrlaydigan xodimlarni tayyorlash, shuningdek tizim samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.
Institut Matbuot xizmati