​​​​​​​Saf ko‘rigi —intizom sabog‘i

19.03.2026 17 marta ko'rilgan

 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Navro‘z bayrami munosabati bilan shaxsiy tarkib ishtirokida saf ko‘rigi tashkil etildi.

Tadbir davomida xodimlarning xizmat intizomi, saf tayyorgarligi va tashqi ko‘rinishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi ushbu bayram arafasida shaxsiy tarkib o‘rtasida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, xizmatga bo‘lgan masʼuliyatni oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Saf ko‘rigi yakunida rahbariyat barcha xodimlarni Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

Institut Matbuot xizmati