Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida navbatdagi o‘quv kursi yakunlandi
17.03.2026
8 marta ko'rilgan
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining bitiruv tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda institut professor-o‘qituvchilari, jamoatchilik vakillari, faxriylar, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Institut boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov, mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, mustaqilligimizni yana-da mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganligi taʼkidlandi.
Bugungi kunda institutda “Yo‘l-patrul faoliyati”, “Patrul-post xizmati faoliyati”, “Pasport tizimini taʼminlash faoliyati”, “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati”, “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishlarida maxsus besh oylik dastur asosida belgilangan qabul kvotasi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari vazirlik sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida tashkil etildi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va sohaviy xizmatlarning tajribali amaliyot xodimlari tomonidan nafaqat anʼanaviy usullarda, balki zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarni qo‘llagan holda davra suhbati, bahs, munozara, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot shakllarida olib borilyapti.
O‘qish davomida tinglovchilarning kasbiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, jangovar, jismoniy, ruhiy, tibbiy tayyorgarligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Tantanali tadbirda o‘quv dasturlar talablarini to‘liq o‘zlashtirgan yakuniy sinov-imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan 226 nafar tinglovchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi va ularga “kichik serjant” maxsus unvoni berildi.
Institut Matbuot xizmati