Hashar – obodlik va baraka asosi
Shu kunlarda mamlakatimizda "Yurt obodligi, avvalo mahalladan boshlanadi!" shiori ostida o‘tayotgan umumxalq hasharida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi va tinglovchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahrida joylashgan o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti xodimlari va tinglovchilari tomonidan ham hashar tashkil etildi.
Tadbir doirasida institut hududidagi obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Xususan, hududdagi daraxt va gul ko‘chatlari parvarishlandi, chiqindilar tozalandi, daraxtlar, devor va yo‘laklar oqlandi.
Institut Matbuot xizmati