IIV Malaka oshirish instituti Nukus filialida psixotrop bot taqdimoti o‘tkazildi

13.03.2026 4 marta ko'rilgan

     O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filialida tinglovchilari uchun psixotrop bot taqdimoti o‘tkazildi.

      Taqdimot davomida mazkur botning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, uning yordamida psixotrop dorilarni tezkor va oson aniqlash mumkinligi ta’kidlandi.

      Shuningdek, tinglovchilarga botdan foydalanish tartibi, uning funksiyalari hamda amaliy xizmat faoliyatida samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

      Mazkur raqamli yechim ichki ishlar organlari xodimlariga psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni tezkor aniqlash va zarur choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

 

Institut Matbuot xizmati