“Kodeks bilimdoni”: bilim va huquqiy savodxonlik bellashuvi

10.03.2026 17 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq bazasi Kasbiy tayyorgarlik fakultetida taʼlim olayotgan maxsus kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslari tinglovchilari o‘rtasida "Yoshlar kuni" munosabati bilan “Kodeks bilimdoni” mavzusida viktorina tashkil etildi.

Viktorinaning final bosqichida Yo‘l-patrul faoliyati yo‘nalishidagi tinglovchilardan tashkil topgan “Yuristlar” jamoasi, Pasport tizimini taʼminlash yo‘nalishidagi tinglovchilardan iborat “Administratsiya” jamoasi hamda Jamoat tartibini saqlash faoliyati yo‘nalishidagi tinglovchilardan tashkil topgan “Adolat” jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Qizg‘in va qiziqarli tarzda o‘tgan tadbir yakuniga  1-o‘rinni “Yuristlar” jamoasi, 2-o‘rinni “Adolat” jamoasi va 3-o‘rinni “Administratsiya” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Institut Matbuot xizmati