Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Armrestling” va “Shaxmat” musobaqalari o‘tkazildi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasidagi Kasbiy tayyorgarlik fakultetida taʼlim olayotgan tinglovchilar o‘rtasida sportning “Armrestling” va “Shaxmat” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqaning asosiy maqsadi tinglovchilarning jismoniy va intellektual salohiyatini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat va Jamoaviylik muhitini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, tinglovchilar o‘z mahorati va matonatini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar. Bunday sport tadbirlari tinglovchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Institut Matbuot xizmati