“Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomiga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish mexanizmlari: muammo va yechimlar”

09.03.2026 11 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomiga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish mexanizmlari: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur seminar davomida ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomini yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda xizmat faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, mas’uliyat va intizomni oshirish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan fikr almashilib, amaliyotda uchrayotgan muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha muhim xulosalar qilindi.

Tadbir yakunida xizmat intizomini mustahkamlash va faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Institut Matbuot xizmati