8 mart – ayollarga ehtirom va eʼtibor bayrami
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimalar hamda tinglovchilar ishtirok etdilar.
Tadbirda yurtimiz taraqqiyotida, jamiyat hayotida hamda davlat xizmatida faol mehnat qilayotgan xotin-qizlarning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Institut rahbariyati tomonidan ayollarning mehnati, fidoyiligi va jamiyat ravnaqiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida eʼtirof etildi.
Bayram munosabati bilan institutda samarali mehnat qilayotgan bir qator xodimalarga “Aʼlo xizmatlari uchun”, 3 darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari, Ichki ishlar vazirligining esdalik qo‘l soati, “mayor” maxsus unvon va pul mukofotlar topshirildi.
Mazkur tadbir xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va eʼtiborni yana-da oshirish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini qadrlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Bayram tadbiri ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bilan yakunlandi.
Institut Matbuot xizmati