8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan voleybol musobaqasi o‘tkazildi

07.03.2026 11 marta ko'rilgan

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida xizmat qilayotgan ayol xodimalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad ayol xodimalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirishdan iborat.

Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Unda institutning turli bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan ayol xodimalardan tashkil topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdilar.

Musobaqa yakuniga faxrli 3-o‘rinni institut ishchi-xizmatchilaridan iborat “Zarba qirolichalari” jamoasi, 2-o‘rinni institut doimiy shaxsiy tarkibi ayol xodimalaridan iborat “Institut malikalari” jamoasi va 1-o‘rinni institut tinglovchilaridan iborat “Nihol qizlari” jamoasi egalladi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar institut rahbariyati tomonidan munosib ravishda taqdirlandi.

Institut Matbuot xizmati