Institutda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

04.03.2026 26 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Institut boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov vazirlik hududiy Akademik litseylari o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur muloqotda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, kasb tanlashda ongli yondashuvi hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiya topishi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Davlatimiz rahbari videoselektor yig‘ilishida taʼkidlaganlaridek, yoshlar bilan ishlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va munosib sharoit yaratish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

Uchrashuv davomida Institut boshlig‘i tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy taʼlim jarayonlari va ichki ishlar organlarida xizmat qilishning masʼuliyati haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Shuningdek, institut xodimlari tomonidan tayyorlangan respublika aholisining aksariyat qismi foydalanadigan “Telegram” messenjerida shartli nomi “Psixotrop” deb nomlangan barcha shaxslar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan “BOT” taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlarda kelgusida yurt tinchligi va xavfsizligini taʼminlashdek sharafli kasbga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirdi.

Institut Matbuot xizmati