Navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari hamda tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayyorlash, “mayor” maxsus unvonini olish tashkil etilgan navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari o‘z yakuniga yetdi.
Kurslar davomida tinglovchilarga zamonaviy boshqaruv usullari, xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, tezkor-qidiruv faoliyatini samarali tashkil etish hamda rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid nazariy va amaliy bilimlar berildi.
O‘quv jarayonlari interaktiv usullarda, amaliy mashg‘ulotlar va tahliliy muhokamalar asosida olib borildi. Yakunda tinglovchilar belgilangan tartibda sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
Institut Matbuot xizmati