Idoraviy qo‘riqlash xizmatining navbatdagi o‘quv kursi yakunlandi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun tashkil etilgan navbatdagi o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Kurs davomida tinglovchilarga xizmat faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, jamoat tartibini saqlash va obyektlar xavfsizligini taʼminlashning zamonaviy usullari, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan sohada olib borilayotgan islohotlar, xizmat samaradorligini yana-da oshirishdagi ustuvor vazifalar alohida taʼkidlab o‘tildi.
Institut Matbuot xizmati