Dron operatorlari bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

28.02.2026 16 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan, Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutining Jizzax garnizonida joylashgan o‘quv markazida vazirlik tasarrufidagi xodimlar uchun mini dron — uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari mutaxassisligi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar uchuvchisiz uchish apparatlarining texnik xususiyatlari, parvozni rejalashtirish va boshqarish, xavfsizlik qoidalari hamda taktik qo‘llash usullari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Taktik uchuvchisiz uchish apparatlari kafedrasida tahsil olib, yakuniy nazorat sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan Malaka oshirish institutining 2 nafar xodimiga Harbiy aviatsiya instituti rahbari tomonidan o‘qishni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

 

 Institut Matbuot xizmati