Yangilik haqida batafsil

Navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi
March 30, 2024

         Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida  kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “mayor” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursi hamda  ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun qayta tayyorlash kursi yakunlanishi munosabati bilan navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi.

         Tadbirda institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, xodimlari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

    Tadbirda so‘zga Institut boshlig‘i, t.f.n., dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, aholi gavjum bo‘ladigan joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlari va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdilar.

     Tadbirda o‘quv reja va dasturlar talablarini to‘liq bajargan, imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan 50 nafar ziyod tinglovchiga  “mayor” maxsus unvonini berish uchun hamda 13 nafar tinglovchiga ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun sertifikatlar topshirildi.

                                                               

IIV Malaka oshirish Instituti Matbuot xizmati