MAK kartalar kasbiy refleksiya vositasi sifatida: “Men – professionalman” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

27.02.2026 34 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Psixologik ta’minlash guruhi bosh psixologi, leytenant M.D. Mirkomilov va Toshkent shahridagi Rossiya davlat pedagogika universiteti A.I. Gertsen nomidagi filiali 4-kurs talabasi S.B. Mirzaahmedova hamkorlikda tinglovchilar bilan metaforik assotsiativ kartalardan (MAK) kasbiy refleksiya vositasi sifatida foydalanishga bag‘ishlangan binar shakldagi amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar davomida tinglovchilarga MAK kartalarning psixologik amaliyotdagi o‘rni, ulardan foydalanish metodikasi, afzalliklari hamda ularni voyaga yetmaganlar bilan ishlash jarayonida qo‘llash imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, “Men – professionalman” reflektiv mashqi asosida tinglovchilarning kasbiy o‘zligini anglash, ichki resurslarini aniqlash va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan amaliy mashqlar o‘tkazildi.

Seminar-trening tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, refleksiya ko‘nikmalarini mustahkamlash va psixologik amaliyot samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Institut Matbuot xizmati