Dang‘arada huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari

26.02.2026 9 marta ko'rilgan

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan leytenant Gulbahor Alijonova ayni paytda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori sifatida faoliyat olib bormoqda.

Yosh va jonkuyar xodim mahalla faollari bilan hamkorlikda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini izchil amalga oshirmoqda. Xususan, tumanning Qiyali qo‘rg‘oncha MFY hududida joylashgan 28-sonli umumtaʼlim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarning salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligi va kelajagiga yetkazadigan zarari haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, qizlar o‘rtasida erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olish, fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni turli yot g‘oyalar va zararli odatlar taʼsiridan asrash, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona va maqsadli foydalanish masalalari yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Bunday tadbirlar yoshlar ongida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularni turli xavf-xatarlardan asrash hamda jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Institut Matbuot xizmati