Ilmiy kengash yig‘ilishida o‘quv-uslubiy majmualar muhokama qilindi

26.02.2026 11 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni institut boshlig‘i, Kengash raisi, professor, Olimjon Axmedov olib bordi. Yig‘ilishda kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanmalar muhokama  etildi.

Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Institut Matbuot xizmati