“Uch avlod uchrashuvi” — anʼana va qadriyatlar targ‘ibi yo‘lida muhim qadam
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani "Yuqori ovul" MFYda avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan "Qo‘sha qarish saodati" mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Tadbirda nuroniy otaxon va onaxonlar, fidoyi ota-onalar hamda bilimga chanqoq yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida katta avlod vakillari o‘z hayot tajribalari, hayot saboqlari va ibratli hikoyalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga qimmatli maslahatlar berdilar.
Samimiy suhbatlar, sheʼrlar, musiqiy chiqishlar va qiziqarli savol-javoblar tadbirga yana-da fayz bag‘ishladi. Ayniqsa, yoshlarning kattalarga bo‘lgan hurmati va qiziqishi barchada iliq taassurot qoldirdi.
Institut Matbuot xizmati