Maʼrifat — taraqqiyot poydevori

26.02.2026 14 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi tinglovchilari hamda shaxsiy tarkibi ishtirokida “Jaholatga qarshi — ma’rifat” mavzusida seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Tadbir davomida jamiyat taraqqiyotida ma’rifatning o‘rni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Shuningdek, davlat organlari faoliyatida diniy betaraflik tamoyiliga qat’iy rioya etish, turli diniy qarashlarga nisbatan hurmat va bag‘rikenglik muhitini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar shaxsiy tarkibning kasbiy hamda ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

IIVMOI_uz

Institut Matbuot xizmati