Qasamyod — yuksak masʼuliyat ifodasi

23.02.2026 37 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi tinglovchilarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda tinglovchilar Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishga, qonun ustuvorligini ta’minlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga hamda yuksak intizom va mas’uliyat bilan o‘z xizmat burchini ado etishga qasamyod qildilar.

Qasamyod qabul qilish — ichki ishlar organlari xodimi uchun yuksak ishonch va katta mas’uliyat ramzi hisoblanadi. Ushbu marosim tinglovchilarning kasbiy faoliyatida muhim bosqich bo‘lib, ularning xizmat yo‘lidagi qat’iy intilish va sadoqatini ifoda etadi.

Institut Matbuot xizmati