Tinglovchilar bilan madaniy va sport tadbirlari tashkil etildi

23.02.2026 48 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Nukus filiali boshlang‘ich tayyorgarlik kursi tinglovchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida dam olish kuni rejasi asosida madaniy xordiq va sport tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida tinglovchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda ruhiy barqarorlikni oshirishga qaratilgan sport musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, madaniy-maʼrifiy dasturlar doirasida kitobxonlik, maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar va jamoaviy dam olish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bunday tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish tinglovchilarning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Institut Matbuot xizmati