Samarali media muloqot

20.02.2026 20 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlar va tinglovchilar bilan vazirlik Axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Eldor Xakimov tomonidan “Xodimlarni jurnalist va blogerlar bilan to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, ijobiy materiallarni keng targ‘ib etish” mavzusida maʼruza o‘tkazildi.

Tadbirda OAV va blogerlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, axborotni tezkor va xolis yetkazish, ijtimoiy tarmoqlarda faollikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ijobiy imidjni shakllantirishda sifatli media-kontent tayyorlash, axborot tarqatishda zamonaviy kommunikatsiya usullaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda sohadagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.  

 

Institut Matbuot xizmati