2024-yil 21-mart kuni Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari o‘rtasida O‘quv saf qismi xodimlari va Jismoniy tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchilari, podpolkovnik F.X.To‘raev hamda mayor S.X.Mirjamolovlar bilan hamkorlikda kurash milliy sporti bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan bu musobaqadan maqsad tinglovchilar o‘rtasida kurashni yanada ommalashtirish bu orqali xodimlarning jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportga, milliy sportimiz kurashga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kurashni umumxalq sporti sifatida keng targ‘ib etishdir.
Ta’kidlash joizki, musobaqa bayramona va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Butun shaxsiy tarkib milliy sportimiz bo‘lmish qadimiy qadriyatimizni davom ettirish uchun bor kuch-g‘ayratini namoyon qildi.
Tadbir so‘ngida g‘alaba qozongan tinglovchilar medal va diplom esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Darhaqiqat, “Polvonlari ko‘p yurt qudratli bo‘lur” deganlaridek bu musobaqa ham Institutda tahsil olayotgan sportsevar tinglovchilarni o‘zida birlashtirdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati