Qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan vazirlik Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida tashkil etilgan o‘quv kursi tinglovchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvar kunidagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi PQ-1-sonli qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, institut boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilariga qaror yuzasidan Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, katta leytenant Saidov Urol Abdihamidovich tomonidan fakultativ mashgʻulotlar oʻtkazildi.