O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i, polkovnik O.T.Axmedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi boshlandi.
Tashrif dasturiga asosan delegatsiya Koreya milliy politsiya agentligi, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, Milliy sud ekspertizasi xizmati, Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti, Koreya milliy politsiya universiteti, Politsiya tergov akademiyasi va Kyungpuk Milliy Universitetlariga tashriflar rejalashtirilgan.
Tashrif davomida har ikki mamlakat ichki ishlar organlari vakillarining qator uchrashuvlari o‘tkazilib, ularda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shu orqali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi istiqboldagi rejalar muhokama etiladi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati