Eʼtibor va eʼtirof
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar hamda faxriylar ishtirok etdilar. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitlik va xalq tinchligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.
Shuningdek, Vatan himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani, ichki ishlar organlari xodimlarining fidokorona xizmati jamiyatda yuksak qadrlanishi alohida qayd etildi. Yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir doirasida xizmat faoliyatida faollik ko‘rsatgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi. Ularga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar topshirildi.
Bayram munosabati bilan tayyorlangan madaniy-maʼrifiy chiqishlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.
Mazkur tadbir xodimlarning Vatanga sadoqat va xizmat burchiga masʼuliyatini yana-da oshirishga xizmat qildi.