IIV Malaka oshirish instituti va mintaqaviy markazlar integratsiyasi: “o‘qish-amaliyot-faoliyat” samaradorligini oshirish yo‘lida

10.01.2026 25 marta ko'rilgan

 O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti platformasi orqali mintaqaviy o‘quv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibi ishtirokida pedagogik seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida Malaka oshirish instituti va mintaqaviy o‘quv markazlarining o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy faoliyati, taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish, shuningdek, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Onlayn formatda tashkil etilgan tadbir ishtirokchilarga tajriba almashish, dolzarb muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirish hamda amaliy tavsiyalar olish imkonini berdi.

Seminar yakunida kelgusidagi hamkorlik va o‘quv-metodik faoliyatni yana-da takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

 Institut Matbuot xizmati